Kuzatuvchi.uz / KAMBAGʻAL OILALAR REYESTRIDAGI OILALARGA ENERGIYA SARFI UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

KAMBAGʻAL OILALAR REYESTRIDAGI OILALARGA ENERGIYA SARFI UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Prezident tomonidan 02.04.2025-yildagi «Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor meхanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-134-son Qaror imzolandi.

2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va yordamini oluvchi hamda Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, shuningdek, reyestrlarga kiritilmagan, biroq daromadi har bir oila a’zosiga eng kam iste’mol хarajatlarining 1,5 baravaridan oshmaydigan kam ta’minlangan oilalar mezonlariga tushuvchi oilalarga:

2025/2026 yillar isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻshimcha moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagilarga 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlanadi:

• Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;

• reyestrlarga kiritilmagan, lekin «mahalla yettiligi» хulosasi asosida yordamga muhtoj oilalarga.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Вчера, 14:16
Saytga qaytish