Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BО‘LGAN SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

NOGIRONLIGI BО‘LGAN SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

Nogironligi bо‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qо‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.  

Nogironligi bо‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan tо‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

I va II guruh nogironligi bо‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat kо‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qо‘llaniladi.

Nogironligi bо‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat rо‘yxatidan (qayta rо‘yxatdan) о‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

Nogironligi bо‘lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bо‘lgan shaxslarga  nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul kо‘rsatiladi.

I va II guruh nogironligi bо‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli rо‘yxatga kiritilgan.

Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.

Nogironligi bо‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega.

I va II guruh nogironligi bо‘lgan shaxslarning mulkida bо‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

Mehmonxonalarda nogironligi bо‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

Xizmat turar joylarida yashayotgan  I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda kо‘chiriladi.

Nogironligi bо‘lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (17 mln sо‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

I va II guruh nogironligi bо‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi.

Byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bо‘lgan bolalar tо‘lovdan ozod etiladi.

Bolalikdan nogiron bо‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming sо‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

АЙРИМ ФУҚАРОЛАРГА ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ УЧУН КОМПЕНСАЦИЯ

personmaftuna 28-05-24, 02:32
0 АЙРИМ ФУҚАРОЛАРГА ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ УЧУН КОМПЕНСАЦИЯ ТАҚДИМ ЭТИЛАДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 16.04.2024 йилдаги “Ёқилғи-энергетика соҳасида бозор механизмларини жорий этишнинг қўшимча...

OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT

personmaftuna 06-12-24, 11:15
0 OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA TANLOVSIZ QABUL QILINADI

Farmon bilan 2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga...

MEHNAT SOHASIDAGI IJTIMOIY SHERIKLIKNI AMALGA OSHIRISH

personmaftuna 29-09-24, 13:15
0 MEHNAT SOHASIDAGI IJTIMOIY SHERIKLIKNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI

Mehnat qonunchiligida mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat: jamoa...

menu
menu