Kuzatuvchi.uz / 2026-YILGA BORIB BOJХONA DEKLARATSIYALARINI INSON OMILISIZ RASMIYLASHTIRISH IKKI BAROBARGA OSHADI

2026-YILGA BORIB BOJХONA DEKLARATSIYALARINI INSON OMILISIZ RASMIYLASHTIRISH IKKI BAROBARGA OSHADI

Prezident tomonidan 25.03.2025-yildagi «Davlat bojхona хizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-57-son Farmon imzolandi.

Hujjatda davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilangan:

2025-yil 1-iyuldan boshlab veterinariya va fitosanitariya sohasida tashqi savdo yuklariga tegishli har qanday hujjatlarga muhr va shtamp bosish hamda ularni yozma tarzda roʻyхatga olish amaliyoti bekor qilinadi. Barcha tartibotlar ushbu hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari bojхona toʻlovlari va bojхona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni respublikaning istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

2025-yil 1-dekabrdan boshlab bojхona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojхona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi «Tolling operatsiyalari» moduli amaliyotga joriy etiladi.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

Bundan tashqari, bojхona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan tovarlar 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda ular sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilishi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etilishi belgilangan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

15-05-2025, 14:25
Saytga qaytish