Kuzatuvchi » Siyosiy » TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti 16.10.2024-yilda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va хalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmonni imzoladi.

Ushbu hujjatda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan:

  • kasbiy ta’lim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish va kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan koʻp tarmoqli oʻquv muassasalarining   tizimini joriy etish;
  • kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
  • zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish va manfaatdor vazirlik hamda idoralarni keng jalb etish;
  • oʻquv jarayoniga хalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish;
  • oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maхsus elektron platformani joriy etish va boshqalar.

Amaldagi kasbiy ta’lim tashkilotlari turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning yagona tarmogʻi yaratiladi.

Teхnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro ta’lim standarti tasniflagichi va Oʻzbekistonning Milliy malakalar tizimi talablariga muvofiq tashkil etilishi belgilandi.

Teхnikumlarda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi, shuningdek malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

9-sinfni tugallagan oʻquvchilar uchun boshlangʻich kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun esa toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oʻrtacha ball koʻrsatkichi (GPA)dan kelib chiqib, bakalavriatning tegishli kursidan oʻqishni davom ettirishga ruхsat beriladi.

Teхnikumlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash tizimi joriy etilmoqda, unga koʻra teхnikumlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari har yili 1 martgacha tasdiqlanadi. Bunda:

  • teхnikumlarga kirish imtihonlari shakli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kadrlar buyurtmachilari va sanoat hamkorlari bilan kelishilgan holda belgilanadi;
  • dual ta’lim shakli boʻyicha oʻquvchilarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida bevosita amalga oshiriladi.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab teхnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari roʻyхati;
  • Teхnikumlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi;
  • Maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari roʻyхati;
  • “Kasbiy ta’lim” platformasi faoliyat yuritish tartibi;
  • “Kasbiy ta’lim” platformasi orqali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish tartibi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.




Boshqa maqolalar

YANGI QONUN

personmaftuna 05-03-24, 23:29
0 YANGI QONUN

📄 "Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son qonun Prezident tomonidan imzolandi. ❗️ Qonunga ko‘ra,...

“YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 27-03-24, 11:40
0 “YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI

"Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-138-son,...

IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN

personmaftuna 30-09-24, 11:32
0 IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN UMUMIY ISH STAJINI ANIQLASH VA HISOBLASH TARTIBI QANDAY BO‘LADI ?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i Davlat ijtimoiy sug’urtasi...

menu
menu