Kuzatuvchi » Siyosiy » I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI

I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan5 kunlik ish haftasida — 7 soatu 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga faqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to‘liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.

 

                                                                                       Bahodir YUSUPOV, 

        Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

                                                                                                                    

Boshqa maqolalar

АЛ-ХОРАЗМИЙ УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 05-06-25, 13:29
0 АЛ-ХОРАЗМИЙ УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Ал-Хоразмий университетини ташкил этиш ҳамда ахборот технологиялари соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимини янада...

INSOFSIZ IJROCHILAR YAGONA REYESTRGA KIRITILADI

personmaftuna 15-02-25, 01:16
0 INSOFSIZ IJROCHILAR YAGONA REYESTRGA KIRITILADI

Iqtisodiyot va moliya vazirining (17.01.2025-y. AV roʻy х at raqami 3599-son ) buyrugʻi bilan “Insofsiz ijrochilarning...

OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT

personmaftuna 04-05-24, 12:18
0 OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT OLISHLARI MUMKIN

O‘zbeiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 02.04.2024-yildagi PQ-149-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish...

menu
menu