ISHGA QABUL QILISH QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETILGANDA...
Mehnat kodeksining 119-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdir:
— mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzish;
— ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
— ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
— homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilmaslik;
— sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik;
— qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart. Yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.
Shuningdek, ushbu kodeksning 120-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilish o‘ziga qonunga xilof ravishda rad etilgan deb hisoblaydigan shaxs qonunga xilof ravishda rad etilganligi fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi, shu jumladan tegishli ishni taqdim etish, o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Nizolarni ko‘rib chiqish chog‘ida ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaro o‘ziga nisbatan ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilgan deb hisoblagan holatda sudga ariza bilan murojaat qilgan holda buzilgan huquqini tiklashi bilan birga o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplatishi va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilishi huquqiga egadir.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA HAM HOMILADORLIK NAFAQASI
personmaftuna 13-12-24, 10:15Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik...
ISTE’MOLCHINING ASOSIY HUQUQLARI
personmaftuna 27-01-24, 17:51Iste’molchi - bu mahsulot, ish yoki xizmatni shaxsiy iste’mol yoki foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa...
MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISH BO‘YICHA QAROR
personmaftuna 19-11-24, 21:35Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–884-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar...