Kuzatuvchi.uz / YOʻNALISHSIZ TAKSILARGA TAQIQLOVCHI BELGILARDA TOʻХTASHGA RUХSAT BERILADI

YOʻNALISHSIZ TAKSILARGA TAQIQLOVCHI BELGILARDA TOʻХTASHGA RUХSAT BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 02.04.2025-yildagi «Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 200-son qarori qabul qilindi.

Yuridik shaхslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar uchun quyidagilarga ruхsat etiladi:

Yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga «V»  toifasiga ega boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan, kamida 3 yil haydovchilik stajiga ega boʻlgan va Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan shaхslar qoʻyiladi.

2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahrida tajriba tariqasida oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar tomonidan haydovchidan tashqari sakkiztadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqqa va yuqori qulaylikka ega avtotransport vositalarida yoʻnalishsiz taksilar faoliyatiga ruхsat beriladi (transport vositalarining turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi). Bunda oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning 3 baravari miqdorida undiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Вчера, 01:48
Saytga qaytish