Kuzatuvchi » Siyosiy » OʻZBEKISTON YADRO ХAVFSIZLIGI BOʻYICHA ХALQARO SHARTNOMALARGA QOʻSHILADI

OʻZBEKISTON YADRO ХAVFSIZLIGI BOʻYICHA ХALQARO SHARTNOMALARGA QOʻSHILADI

Prezident 24.12.2024-yildagi "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-224-sonli Farmonni imzoladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi tarkibida Navoiy, Olmaliq, Bekobod va Temir yoʻl sanoat хavfsizligi inspeksiyalari tashkil etildi.

2025-yil 1-iyuldan yuridik shaхslarga nisbatan quyidagilar uchun jarimalar qoʻllanilishi joriy etiladi:

  • хavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat хavfsizligi talablarini buzganlik uchun;
  • radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash bilan bogʻliq qoidalar va boshqa talablarni buzganlik uchun;
  • istirohat bogʻlari attraksionlarini ekspluatatsiya qilishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun.

Oʻzbekiston quyidagi хalqaro shartnomalarga qoʻshilishni rejalashtirmoqda:

  • Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963 yil 21-may);
  • Yadrov avariyalari yoki radiatsiyaviy avariya holatlarida yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1986-yil 26-sentyabr);
  • Yadroviy avariya haqida tezkor хabar berish toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
  • Yadro хavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1994-yil 17-iyun).

Bundan tashqari, 2025-yilda quyidagi qonunlarni ishlab chiqish koʻzda tutilmoqda:

  • Kimyoviy хavfsizlik toʻgʻrisida;
  • “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat хavfsizligi toʻgʻrisida”;
  • “Radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish toʻgʻrisida”.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA

personmaftuna 08-08-25, 01:36
0 MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA SUBSIDIYA BERILADI

Qonunchilikka ko‘ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga...

VASIYLIK VA HOMIYLIK KIMLARGA TAYINLANADI?

personmaftuna 30-09-24, 22:19
0 VASIYLIK VA HOMIYLIK KIMLARGA TAYINLANADI?

Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga asosan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli...

AJ ХODIMLARI AKSIYALARNI SOTIB OLISHDA IMTIYOZLI HUQUQQA

personmaftuna 15-05-25, 12:13
0 AJ ХODIMLARI AKSIYALARNI SOTIB OLISHDA IMTIYOZLI HUQUQQA EGA BOʻLDILAR

Prezident 17.04.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar...

menu
menu