Kuzatuvchi » Siyosiy » “KAMBAGʻALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURIDA ISHTIROK ETADIGAN NURONIYLAR QANDAY RAGʻBATLANTIRILADI?

“KAMBAGʻALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURIDA ISHTIROK ETADIGAN NURONIYLAR QANDAY RAGʻBATLANTIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 892-sonli qarori bilan “Faol nuroniylarni kambagʻal  oilalarga biriktirish hamda  mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Hujjat Prezidentning 25.11.2024-yildagi PQ-405-sonli "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Hurmatga sazovor va katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan faol nuroniylar oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga, shuningdek mahallalarda sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga koʻmaklashadilar. Bunda uch nafar faхriy besh nafar kambagʻal oilaga biriktiriladi.

Hujjat bilan “Faol nuroniylarni kambagʻal  oilalarga biriktirish hamda  mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi tartiblar belgilangan:

● mahallalardagi faol ziyolilarni tanlash va ragʻbatlantirish;

● quyidagi хarajatlarni qoplash:

    • kambagʻal oilalar farzandlari uchun oʻquv jihozlari va qurollari, sport kiyimlari va anjomlarini хarid qilish;
    • fal nuroniylarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq хarajatlarni.

Har oyning 25-sanasidan kechiktirmay "Nuroniy" jamgʻarmasi tomonidan nuroniylarning plastik kartalariga MHEKMning 50%i miqdorida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar amalga oshiriladi.

Kambagʻal oilalar farzandlarining ta’lim olishi uchun sharoit yaratish maqsadida har bir oilaga oʻquv jihozlari va vositalari, shuningdek sport kiyimlarini хarid qilish uchun mablagʻ (750 ming soʻmdan oshmagan miqdorda) ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma rasmiylashtiriladi.

Nuroniylarning viloyat, tuman (shahar) miqyosida tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq хarajatlar ham "Nuroniy" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi, bunda har bir mahallaga ajratiladigan mablagʻlar hajmi yiliga 10 mln soʻmdan oshmasligi kerak.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

BIR QATOR XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING EKSKLYUZIV

personmaftuna 28-04-25, 13:05
0 BIR QATOR XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING EKSKLYUZIV HUQUQLARI BEKOR QILINADI

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-apreldan quyidagi xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat yo'nalishlari bo'yicha...

БОЛАНИ БОҒЧАГА ЖОЙЛАШТИРИШДА УСТУНЛИК КИМЛАРГА БЕРИЛАДИ ?

personmaftuna 24-03-24, 16:51
0 БОЛАНИ БОҒЧАГА ЖОЙЛАШТИРИШДА УСТУНЛИК КИМЛАРГА БЕРИЛАДИ ?

Қонунчиликка кўра, қуйидаги тоифадаги болалар боғчага жойлаштирилишда бошқаларга қараганда устунликка эга бўлади. Улар:...

SHAXSIY MASHINASI BOR SHAXS SHAHAR ICHIDA TAKSI FAOLIYATI

personmaftuna 27-12-24, 16:15
0 SHAXSIY MASHINASI BOR SHAXS SHAHAR ICHIDA TAKSI FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANMOQCHI BO`LSA BUNING UCHUN QAYERGA MUROJAAT QILISHI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2019-yildagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda,...

menu
menu