Kuzatuvchi » Siyosiy » BIR QATOR XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING EKSKLYUZIV HUQUQLARI BEKOR QILINADI

BIR QATOR XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING EKSKLYUZIV HUQUQLARI BEKOR QILINADI

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-apreldan quyidagi xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat yo'nalishlari bo'yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi:

“O'zbekekspertiza” AJ va uning hududiy bo'linmalarining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat berish bo'yicha;

“O'zInjiniring” loyiha institutining investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha;

“Milliy PR-markazi” DUKning O'zbekiston turizm salohiyatini targ'ib qilishga yo'naltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlarini, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boshqa roliklarini tayyorlash va translyatsiya qilish bo'yicha;

 “Sag agro MTP” MCHJning yong'oq ishlab chiqaruvchilarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha mexanizatsiya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha;

“O'zbekiston standartlar instituti” davlat muassasasining milliy standartlarni shartnoma asosida boshqa tillarga tarjima qilish bo'yicha.

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning turoperator, joylashtirish vositalari, tog' chang'isi trassalari va plyajlar xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini o'tkazish vazifasi Turizm qo'mitasiga o'tkaziladi.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

2024-YIL 1-MARTDAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER

personmaftuna 23-01-24, 00:37
0 2024-YIL 1-MARTDAN QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARI ELEKTRON AUKSION ORQALI 30 YILGA IJARAGA BERILADI

2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov...

OLIY O‘QUV YURTIDA TA’LIM OLAYOTGAN XODIMLAR UCHUN

personmaftuna 02-05-24, 00:08
0 OLIY O‘QUV YURTIDA TA’LIM OLAYOTGAN XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR

Ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta...

Қонунчиликка кўра, уч ёшга тўлмаган боланинг бюджет

personmaftuna 28-03-24, 10:05
0 Қонунчиликка кўра, уч ёшга тўлмаган боланинг бюджет ташкилотларда ишлайдиган онаси ҳафтасига 35 соатдан ошмайдиган иш вақти белгиланади ва бунда иш ҳақи камайтирилмайди. Иш берувчи ҳомиладор аёлнинг, 14 ёшга тўлмаган боланинг (16 ёшга тўлмаган ногиро

Қонунчиликка кўра, иш берувчи ходимнинг меҳнатда майиб бўлиши ва касб касаллиги туфайли ҳаётига ёки соғлиғига...

menu
menu