Kuzatuvchi » Siyosiy » SHAXSIY MASHINASI BOR SHAXS SHAHAR ICHIDA TAKSI FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANMOQCHI BO`LSA BUNING UCHUN QAYERGA MUROJAAT QILISHI KERAK?

SHAXSIY MASHINASI BOR SHAXS SHAHAR ICHIDA TAKSI FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANMOQCHI BO`LSA BUNING UCHUN QAYERGA MUROJAAT QILISHI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2019-yildagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 636-sonli qaroriga asosan avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatiga litsenziya va litsenziya varaqasini olish uchun Ariza beruvchi o’ziga qulay bo’lgan davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalangan holda yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ariza yuboradi. Bunda ariza bruvchi pasport ma’lumotlarini, Haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlari va avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi va o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanishi mumkin. Litsenziyalovchi organ so‘rovnoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga belgilangan tartibda to’lov kvitansiyasini yuboradi va   Litsenziyalovchi organ davlat boji to’langan vaqtdan boshlab bir ish kunida litsenziya va litsenziya varaqalarini rasmiylashtiradi hamda tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

Boshqa maqolalar

DAM OLISH KUNLARI ISHLAGAN HODIMLARGA IKKI XISSA OYLIK

personmaftuna 30-09-24, 22:17
0 DAM OLISH KUNLARI ISHLAGAN HODIMLARGA IKKI XISSA OYLIK TO‘LANISHI KERAK.

Qonunchilikka ko‘ra, dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to‘lanadi.Ichki...

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI HAQIDA HUQUQIY

personmaftuna 24-03-25, 03:32
0 GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi gidrotexnika inshootlarining...

“WORK AND TRAVEL” ДАСТУРЛАРИДА ИШТИРОК ЭТУВЧИ ТАЛАБАЛАР

personmaftuna 05-06-25, 13:31
0 “WORK AND TRAVEL” ДАСТУРЛАРИДА ИШТИРОК ЭТУВЧИ ТАЛАБАЛАР УЧУН ССУДА АЖРАТИЛАДИ

Ҳукумат қарори (290-сон, 02.05.2025 й.) билан 2025 йил 15 майдан " Work and travel " халқаро дастурлари доирасида ишлаш...

menu
menu