Kuzatuvchi.uz / SHAXSIY MASHINASI BOR SHAXS SHAHAR ICHIDA TAKSI FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANMOQCHI BO`LSA BUNING UCHUN QAYERGA MUROJAAT QILISHI KERAK?

SHAXSIY MASHINASI BOR SHAXS SHAHAR ICHIDA TAKSI FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANMOQCHI BO`LSA BUNING UCHUN QAYERGA MUROJAAT QILISHI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2019-yildagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 636-sonli qaroriga asosan avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatiga litsenziya va litsenziya varaqasini olish uchun Ariza beruvchi o’ziga qulay bo’lgan davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalangan holda yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ariza yuboradi. Bunda ariza bruvchi pasport ma’lumotlarini, Haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlari va avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi va o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanishi mumkin. Litsenziyalovchi organ so‘rovnoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga belgilangan tartibda to’lov kvitansiyasini yuboradi va   Litsenziyalovchi organ davlat boji to’langan vaqtdan boshlab bir ish kunida litsenziya va litsenziya varaqalarini rasmiylashtiradi hamda tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

27-12-2024, 16:15
Saytga qaytish