VASIYLIK VA HOMIYLIK KIMLARGA TAYINLANADI?
Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga asosan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi.
Vasiylar va homiylar o‘z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.
Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari bo‘lmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda, shuningdek bunday fuqarolar boshqa sabablarga ko‘ra ota-ona himoyasidan mahrum bo‘lib qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan hollarda belgilanadi.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
AUKSIONNI O‘TKAZISH TARTIBINI BILASIZMI?
personmaftuna 30-09-24, 22:07O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 54-moddasiga asosan. Auksion...
PENSIYA TAYINLASH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLARNI TAQDIM
personmaftuna 06-12-24, 16:03“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi...
JAMOAT TRANSPORTINI BOSHQARISHNING YAGONA INTELLEKTUAL
personmaftuna 05-05-24, 12:13O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 25.03.2024-yildagi PQ-139-sonli “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini...