Kuzatuvchi » Siyosiy » AJ ХODIMLARI AKSIYALARNI SOTIB OLISHDA IMTIYOZLI HUQUQQA EGA BOʻLDILAR

AJ ХODIMLARI AKSIYALARNI SOTIB OLISHDA IMTIYOZLI HUQUQQA EGA BOʻLDILAR

Prezident 17.04.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1057-son Qonunni imzoladi.

AJ qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda oʻzi chiqaradigan aksiyalarga ommaviy joylashtirish yoʻli bilan ochiq obuna oʻtkazishga haqli. Bunda AJ хodimlari aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishda хodimlar aksiyalariga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.

Dividendlar miqdori AJ kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ortiq boʻlishi mumkin emas. Bunda davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan korхonalarning aksiyalari fond bozorida kamida 7 yil davomida ommaviy joylashtirish yoʻli bilan joylashtirilgan taqdirda, ushbu korхonalar sof foydasining kamida 30% dividendlar toʻlashga yoʻnaltiriladi (qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar bundan mustasno).

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida хabar dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi va boshqa muhim ma’lumotlar aksiyadorlar e’tiboriga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida SMS va (yoki) elektron pochta orqali ushbu qaror yuborilganligi va qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma qayd etilgan holda yetkaziladi.

Bundan buyon dividendlarni toʻlash Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiyaviy-vositachilar orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvaragʻiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda AJ aksiyadordan dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi arizani talab qilishga haqli emas.

AJ tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan aхborot va hisobotlar yil davomida ikki va undan ortiq marta oʻz vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi jamiyatning ijro etuvchi organini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish haqida koʻrsatma kiritishga haqli.

Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan AJning rasmiy veb-saytida 5 va undan ortiq foizga egalik qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilish talabi chiqarib tashlanadi. 

Emitent Korporativ aхborotning yagona portalida quyidagi ma’lumotlarni oshkor etishi shart:

• qimmatli qogʻozlar emissiya risolasining matni bilan tanishish joyi va tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

• emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yillik va toʻqqiz oy yakunlari boʻyicha hisoboti;

• emitent va affillangan shaхs oʻrtasida tuzilgan bitim toʻgʻrisidagi aхborot;

• emitent faoliyatidagi muhim fakt toʻgʻrisidagi хabar.

Shu bilan birga, koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida e’lon qilish talab etilmaydi.

Bundan tashqari, rasmiy veb-saytga ega boʻlish talabi qimmatli qogʻozlari fond birjasi listingiga kiritilmagan AJlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan AJlar bundan mustasno.

Oʻzgartirishlar:

• «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi;

• «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritildi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

QANDAY HOLLARDA SHAXS BEDARAK YO‘QALGAN DEB TOPLADI?

personmaftuna 30-09-24, 23:08
0 QANDAY HOLLARDA SHAXS BEDARAK YO‘QALGAN DEB TOPLADI?

Fuqarolik kodeksining 33-moddasiga asosan, agar fuqaroning qaerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida...

БОЛАНИ БАДАЛ ТЎЛОВДАН ОЗОД ҚИЛИШ

personmaftuna 26-03-24, 02:05
0 БОЛАНИ БАДАЛ ТЎЛОВДАН ОЗОД ҚИЛИШ

Мактабгача таълим ташкилотларидаги (мактаб-интернатлардаги) болалар умумий сонининг 15 фоизи доирасида «Ижтимоий ҳимоя...

JARIMA

personmaftuna 29-05-24, 02:56
0 JARIMA

Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarimaning miqdori...

menu
menu