Kuzatuvchi » Siyosiy » REPO OPERATSIYALARI BOʻYICHA DAROMAD BUNDAN BUYON DAROMAD SIFATIDA HISOBGA OLINMAYDI

REPO OPERATSIYALARI BOʻYICHA DAROMAD BUNDAN BUYON DAROMAD SIFATIDA HISOBGA OLINMAYDI

Prezident 17.04.2025-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1057-son Qonunni imzoladi.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq kripto-birjalarda operatsiyalarni amalga oshiruvchi norezident yuridik shaхslar birja savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qoʻyilishi lozim.

Shuningdek, bundan buyon REPO operatsiyalari boʻyicha daromadlar daromad sifatida hisobga olinmaydi.

Quyidagi bitimlar sotuvchi (emitentdan tashqari) tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga amalga oshirilganda quyidagi yigʻimlar toʻlanadi:

• qimmatli qogʻozlarning uyushgan birjadan tashqari savdolaridagi bitimlar – bitim summasining 0,3% miqdorida;

• emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha birja savdolaridagi bitimlar – bitim summasining 0,01 %. 

Sotuvchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining mazkur bitimlar boʻyicha daromadlariga foyda soligʻi va jismoniy shaхslarning daromad soligʻi solinmaydi.

Shuningdek, soliq toʻlovchilar ish haqi va boshqa daromadlarining soliq davri mobaynida mahalliy qimmatli qogʻozlar bozorida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaхsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan qismiga quyidagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda soliq solinmaydi:

• yoʻnaltirilgan mablagʻlarning umumiy summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 100 baravaridan oshmaydigan summani tashkil etadi;

• pul mablagʻlari yakka tartibdagi investitsiya hisobvaragʻiga birinchi marta oʻtkazilgan sanadan boshlab 12 oy mobaynida qaytarilmaydi. Bunda, oy davomida shaхsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 20 baravaridan oshmasligi kerak;

• shaхsiy investitsiya hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun ishlatiladi.

Koʻrsatilgan shartlar buzilgan taqdirda, shaхsiy investitsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga toʻlov manbaida soliq solinadi.

Tegishli oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

TUMAN (SHAHAR) TIBBIYOT BIRLASHMALARI NEGIZIDA TUMAN

personmaftuna 07-06-25, 20:27
0 TUMAN (SHAHAR) TIBBIYOT BIRLASHMALARI NEGIZIDA TUMAN (SHAHAR) SOG'LIQNI SAQLASH BO'LIMLARI TASHKIL ETILADI

“Sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident...

BILASIZMI?

personmaftuna 26-06-24, 00:51
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko'ra, haydovchi mastlik holati bo'yicha tekshiruvdan bo'yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo'lgan...

ЧОРВАЧИЛИК ВА ПАРРАНДАЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИ ТЎЛАГАН ҚҚСНИНГ 50

personmaftuna 17-03-25, 11:08
0 ЧОРВАЧИЛИК ВА ПАРРАНДАЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИ ТЎЛАГАН ҚҚСНИНГ 50 ФОИЗИ ҚАЙТАРИБ БЕРИЛАДИ

“Чорвачилик ва паррандачиликни қўллаб-қувватлаш, соҳада юқори қўшилган қиймат яратиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...

menu
menu