Kuzatuvchi » Siyosiy » TUMAN (SHAHAR) TIBBIYOT BIRLASHMALARI NEGIZIDA TUMAN (SHAHAR) SOG'LIQNI SAQLASH BO'LIMLARI TASHKIL ETILADI

TUMAN (SHAHAR) TIBBIYOT BIRLASHMALARI NEGIZIDA TUMAN (SHAHAR) SOG'LIQNI SAQLASH BO'LIMLARI TASHKIL ETILADI

“Sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-185-son, 19.05.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan 15 ta tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini (Tajriba-sinov loyihasi) joriy etish doirasida sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

 

-birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta ko'rib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;

 

-tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq to'lash tizimini joriy qilish.

 

Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sog'liqni saqlash bo'limlari tashkil etiladi. 

 

Quyidagilar tuman (shahar) sog'liqni saqlash bo'limlarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

 

-ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika bo'linmalariga aylantirish;

 

-tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi ko'rsatkichlari bo'yicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni rag'batlantirish.

 

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

Boshqa maqolalar

“DEKRET” “DEKRETGA” ULANSA HAM PUL TO'LANADIMI?

personmaftuna 24-04-24, 01:17
0 “DEKRET”  “DEKRETGA” ULANSA HAM PUL TO'LANADIMI?

Hozirda xodim bir farzandli bo‘lib dikretga chiqsa yana ikkinchi farzandi ulansa, ishlamay turib dikretga chiqsa dikret...

XODIMNING MODDIY JAVOBGARLIGI

personmaftuna 29-09-24, 13:16
0 XODIMNING MODDIY JAVOBGARLIGI

Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi uning ish beruvchiga yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini to‘liq miqdorda qoplash...

ХОДИМЛАР ДАМ ОЛИШ ВА ОВҚАТЛАНИШ УЧУН ТАНАФФУСДАН ЎЗ

personmaftuna 30-01-25, 12:04
0 ХОДИМЛАР ДАМ ОЛИШ ВА ОВҚАТЛАНИШ УЧУН ТАНАФФУСДАН ЎЗ ИХТИЁРИГА КЎРА ФОЙДАЛАНАДИ

Қонунчиликка кўра, иш куни давомида ходимга дам олиш ва овқатланиш учун давомийлиги камида 30 дақиқа ва кўпи билан 2...

menu
menu