MAXSUS KO'NIKMALARNI TALAB QILADIGAN DAVOLASH CHORALARINI KO'RGAN SHIFOKORLARGA QO'SHIMCHA USTAMALAR TO'LANADI
Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9436) 2025-yil 1-iyuldan respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida maxsus ko'nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini ko'rgan hamda yuqori xavf darajasiga ega bo'lgan amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarning oylik maoshlariga 25 foizdan 100 foizgacha ustama to'lanadi.
2025-yil 15-iyungacha Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025-yil yakunigacha qolgan hududlarda aholi “Elektron sog'liqni saqlash” axborot tizimida ro'yxatdan o'tkaziladi hamda tibbiyot brigadalariga biriktiriladi.
Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik o'zgarishlar” dasturi ishlab chiqilgan bo'lib, 2025-yil 1-iyundan Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar maqsadida quyidagilar yo'lga qo'yiladi, jumladan:
-tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, o'rindiqlar bilan ta'minlanadi;
-aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi;
-“Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yo'laklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi.
Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
UY-JOYI BO’LMAGAN XOTIN-QIZLAR “AYOLLAR DAFTARI”GA
personmaftuna 20-10-24, 13:59Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, uy-joyga muxtoj ya’ni, noturar joylarda...
OTALIK (ONALIK) TO‘G‘RISIDA E’TIROZ BILDIRISH
personmaftuna 25-08-25, 02:23O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasiga asosan, tug‘ilishni yozish daftaridagi tug‘ilishga oid yozuv...
MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASIDAGI
personmaftuna 22-03-25, 10:53Yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el...