MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA SUBSIDIYA BERILADI
Qonunchilikka ko‘ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi.
Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno.
Bunda:
subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to‘lanadi;
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to‘lash uchun asos bo‘lib hisoblanadi;
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko‘p vaqt bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARINING MAS’ULIYATINI OSHIRISH
personmaftuna 14-06-24, 16:25O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va...
“ЯШИЛ ЭНЕРГИЯ” СЕРТИФИКАТЛАРИ САВДОСИДАН ТУШГАН
personmaftuna 12-03-24, 02:18Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-906-сон, 07.02.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва...
CHIQINDI PULINI TO'LAMAGANLARNING ELEKTR UCHUN TO'LOVLARINI
personmaftuna 30-03-24, 01:24“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish...