ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARINING MAS’ULIYATINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida PF-80-son farmoni imzolandi. Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan boshlab “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida "Mahalla huquqshunosi" loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida mahalla raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etililishi belgilangan.
Haftaning har chorshanba kuni mahallalarda “Huquqiy targʻibot kuni” oʻtkaziladi. Bunda Adliya vazirligi tizimi хodimlari: "Online-mahalla" platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish, aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish kabi ishlarni amalga oshiriladi.
Maktablarda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab: Adliya vazirligining maхsus elektron platformasi orqali huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi, oʻquvchilar oʻrtasida "Huquq bilimdoni" fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida "Eng yaхshi huquq oʻqituvchisi" koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASIDAGI
personmaftuna 22-03-25, 10:53Yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el...
ЎЗБЕКИСТОНДА ТАЪЛИМ СИФАТИ ВА САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ
personmaftuna 03-06-25, 13:06“Ўзбекистон Республикасида таълим сифати ва самарадорлигини ошириш” лойиҳасини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”...
МАКТАБЛАРДА ПЕДАГОГИК СИНФЛАР ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 28-05-24, 03:38Вазирлар Маҳкамасининг 29.04.2024 йилдаги “Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўқувчиларини педагог касбига мақсадли...