Kuzatuvchi » Siyosiy » JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARGA NAFAQA TAYINLASH TARTIBI BELGILANDI

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARGA NAFAQA TAYINLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (444-son, 16.07.2025-y.) bilan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.  Nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to'lash tartibini belgilaydi. Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko'rib chiqish va nafaqalarni tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab 1 oy ichida tuman (shahar) probasiya bo'limlari (vakolatli organ) ga shaxsan murojaat qiladi. Vakolatli organ 1 ish kunida ariza beruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilinishi lozim bo'lgan tijorat banki to'g'risida xabardor qiladi. Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki jazoni o'tab bo'lganlik yoxud jazodan ozod qilinganlik haqidagi ma'lumotnoma asosida, 1 oy muddatda tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

СУД-ЭКСПЕРТЛИК ФАОЛИЯТИ РАҚАМЛАШТИРИЛАДИ

personmaftuna 26-09-25, 18:51
0 СУД-ЭКСПЕРТЛИК ФАОЛИЯТИ РАҚАМЛАШТИРИЛАДИ

“ C уд-экспертлик фаолиятини янада такомиллаштириш ва соҳага замонавий технологияларни кенг жорий этиш чора-тадбирлари...

DAVLAT XARIDLARI TIZIMINING MOBIL ILOVASI YARATILADI

personmaftuna 23-07-24, 14:37
0 DAVLAT XARIDLARI TIZIMINING MOBIL ILOVASI YARATILADI

Qarorga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot/16176) 2024-yil 1-sentyabrdan: ustav fondida (ustav kapitalida) davlat...

ҲОДИМНИ МЕҲНАТ ШАРТНОМАСИ БЕКОР ҚИЛИНАЁТГАНДА ИШ БЕРУВЧИ У

personmaftuna 30-09-24, 15:59
0 ҲОДИМНИ МЕҲНАТ ШАРТНОМАСИ БЕКОР ҚИЛИНАЁТГАНДА ИШ БЕРУВЧИ У БИЛАН ТЎЛИҚ ҲИСОБ-КИТОБ ҚИЛИШИ КЕРАК!

Меҳнат кодексининг 172-моддасига асосан, меҳнат шартномаси бекор қилинганда ходим билан ҳисоб-китоб қилиниши керак....

menu
menu