DAVLAT XARIDLARI TIZIMINING MOBIL ILOVASI YARATILADI
Qarorga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot/16176) 2024-yil
1-sentyabrdan:
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi xo'jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining davlat xaridlari yillik va choraklik reja-jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro'yxatlarini tasdiqlash bo'yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilib boriladi;
davlat xaridlari maxsus axborot portalida korporativ buyurtmachilarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'ladigan tovarlarni mahalliylashtirish orqali kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan o'z takliflarini berish imkoniyati yaratiladi.
2024-yil 1-oktyabrgacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat buyurtmachilari amalga oshirgan davlat xaridlari natijalariga ko'ra tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, ularning turlari kesimida shakllangan narxlarni jamoatchilik uchun ochiq ifodalovchi alohida sahifa joriy etiladi hamda davlat buyurtmachilariga ushbu sahifa asosida boshlang'ich narxni shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
2024-yil 1-dekabrgacha davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi.
Har yil yakuni bo'yicha keyingi yilning 1-apreligacha davlat xaridlari sohasida “Eng faol tadbirkor” hamda “Eng yaxshi buyurtmachi” tanlovlari o'tkaziladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
БОЛАНИ 2 ВА 3 ЁШГА ТЎЛГУНИГА ҚАДАР ПАРВАРИШЛАШ ТАЪТИЛЛАРИ
personmaftuna 30-05-24, 12:46Ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугаганидан кейин, аёл ходимнинг хоҳишига кўра, унга боласи 2 ёшга тўлгунига қадар...
MASOFADAN TURIB ISHLASH TARTIBI
personmaftuna 23-05-24, 18:43Masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan erdan, tashkilotning...
OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG
personmaftuna 12-08-24, 23:54Prezident tomonidan 23.07.2024-yildagi “Respublikada ov qilish va ovchilik х oʻjaliklari faoliyatini yanada...