TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN YANADA QULAY SHART-SHAROITLAR YARATILADI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritildi.
Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma'lumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona roʻyxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
VALYUTA OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARIGA
personmaftuna 22-02-24, 07:31Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish...
FUQAROLAR QABULI VA SAYYOR QABULLARNI O'TKAZISHDA MAJBURIY
personmaftuna 24-07-24, 20:15Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-sentabrgacha vazirlik va idoralar, ularning hududiy bo'linmalari hamda tizim...
ALIMENT OLAYOTGAN ONAGA “BOLA PULI” BERILMAYDIMI?
personmaftuna 11-12-24, 11:30Bolalar nafaqasi olish uchun ariza yozmoqchi edim. Turmushimdan ajralganman. Farzandimga otasi aliment to‘laydi....