Kuzatuvchi.uz / TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN YANADA QULAY SHART-SHAROITLAR YARATILADI

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN YANADA QULAY SHART-SHAROITLAR YARATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritildi.

Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma'lumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona roʻyxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

8-02-2025, 00:47
Saytga qaytish