TARAFLARNING KELISHUVIGA KO‘RA MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Mehnat kodeksi 157-moddasi mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish tartibini belgilaydi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek muddatli mehnat shartnomasi istalgan vaqtda taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Mehnat shartnomasi mazkur asos bo‘yicha bekor qilinadigan sana xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shart.
Taraflarning rekvizitlari MK 107-moddasida belgilab o‘tilgan.
MK 157-moddasi bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi kelishuvni bekor qilishga, shu asosga ko‘ra mehnat munosabatlarini tugatish sanasini o‘zgartirishga xodim va ish beruvchining kelishuvi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi ya'ni kelishuvni bekor qilishga yoki mehnat munosabatlarini tugatish sanasini o‘zgartirishga bir tomonlama yo‘l qo‘yilmaydi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
SHAXSIY YOZISHMALARNI MUHOFAZA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY
personmaftuna 25-08-25, 02:08O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga asosan, har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy...
IХTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TARMOGʻI KENGAYTIRILMOQDA
personmaftuna 04-05-24, 12:12O‘zbeiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024-yilda PF-55 sonli “I х tisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini...
BILASIZMI?
personmaftuna 23-07-24, 14:29Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga ("Yagona reestr" AT) oilaning 18 yoshga to'lgan ijtimoiy nafaqa...