SOLIQ HISOBOTINI TOPSHIRMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR️
Ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasiga asosan, foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish obyektlarining hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning yoki yig‘imlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (340 000 so‘m)ning uch baravari miqdorida (1 020 000so'm), mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida (3 400 000) jarima solishga sabab bo‘ladi.
I.RAXIMBERGANOV
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI TOMONIDAN XALQARO VA BOSHQA
personmaftuna 19-01-24, 17:30Davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar,...
АҲОЛИГА БЕРИЛГАН ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИНИ ТАКРОР МОЛИЯЛАШТИРИШ
personmaftuna 19-03-25, 06:07Қонун (ЎРҚ-1028-сон, 12.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонун билан...
“КЎЧА САНЪАТИ ВА МУСИҚАСИ” ЛОЙИҲАСИ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ
personmaftuna 27-01-24, 20:16“Аҳолига маданий хизмат кўрсатиш даражасини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–406-сон,...