Kuzatuvchi » Siyosiy » SHAXSIY YOZISHMALARNI MUHOFAZA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

SHAXSIY YOZISHMALARNI MUHOFAZA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga asosan, har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Shuningdek, har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish hamda uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR

personmaftuna 27-11-24, 03:06
0 TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR

04.11.2024-yildagi Vazirlar Mahkamasining 733-son Qarori bilan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi...

O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER VA KO‘CHMAS MULKLARNI

personmaftuna 12-12-24, 01:38
0 O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER VA KO‘CHMAS MULKLARNI QONUNIYLASHTIRISH TARTIBI: MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga “amnistiya” e’lon qilishga oid qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi....

JINOYAT ISHLARI BO'YICHA TUMAN, SHAHAR SUDLARIDA TERGOV

personmaftuna 24-07-24, 02:06
0 JINOYAT ISHLARI BO'YICHA TUMAN, SHAHAR SUDLARIDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI JORIY ETILADI

“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada...

menu
menu