Kuzatuvchi » Siyosiy » TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR

TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR

04.11.2024-yildagi  Vazirlar Mahkamasining 733-son Qarori bilan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reestriga kiritilgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tanloviga ko‘ra temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.

Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yo‘l yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga temir yo‘l transportida bepul yurishlari uchun kupeli vagon tarifi bo‘yicha chiptalar beriladi.

Bunda boshqa yuqori tarifdagi chiptalar olinganda narxlar o‘rtasidagi farq yo‘lovchi va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.

Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi. 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

OʻZINI OʻZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI

personmaftuna 08-02-25, 00:56
0 OʻZINI OʻZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN KREDITLAR BERILADI

02.04.2024-yil kungi PQ-149-son Prezident Qarori qabul qilingan. ➖ Qarorga koʻra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda...

BILASIZMI?

personmaftuna 09-02-24, 22:50
0 BILASIZMI?

09.01.2024 - yildagi o‘rq-899-son qonuni bilan bir qator kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ma’muriy...

TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1-DEKABRDAN 30 FOIZGA

personmaftuna 16-12-24, 11:49
0 TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1-DEKABRDAN 30 FOIZGA OSHIRILADI

Bu qaror vagonlarga bog‘liq xarajatlar oshgani va vagon parklarini yangilash zarurati tufayli qabul qilingan. 2024-yil...

menu
menu