Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

09.01.2024-yildagi o‘rq-899-son qonuni bilan bir qator kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda quyidagilar uchun javobgarlik belgilandi:

  • mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilinadi;
  • abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravrigacha jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda  kripto-aktivlar hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari musodara qilinadi. 

 

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug‘ullanish, kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq:

· jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida malakalanadi hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operaцiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yilgacha ozodlikni cheklash;

1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug‘ullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayningni amalga oshirish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yilgacha ozodlikni cheklash;

1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Yashirin mayningni amalga oshirish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 28-03-24, 10:05
0 БИЛАСИЗМИ?

Қонунчиликка кўра, иш берувчи ходимнинг меҳнатда майиб бўлиши ва касб касаллиги туфайли ҳаётига ёки соғлиғига...

YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI HUJJATNING DAVLAT

personmaftuna 19-01-24, 19:43
0 YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI  HUJJATNING DAVLAT ARXIVI MA’LUMOTINI OLISH TARTIBI QANDAY?

Bunda ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishi uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi yoki uning ishonchli vakili...

BILASIZMI?

personmaftuna 19-05-24, 18:20
0 BILASIZMI?

“Normativ-huquqiy hujjatlar t о ‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan q о ‘shimchaga k о ‘ra, inson bilan davlat...

menu
menu