Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA IQTISODIY, IJTIMOIY, MADANIY VA EKOLOGIK HUQUQLAR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA IQTISODIY, IJTIMOIY, MADANIY VA EKOLOGIK HUQUQLAR

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli deb belgilangan. Bundan tashqari, Konstitutsiyamizda har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.

Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.

Har kim dam olish huquqiga ega.

Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega.

Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:13
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga...

QISQA MUDDATLI GURUHLAR TO‘G‘RISIDA

personmaftuna 25-09-24, 00:34
0 QISQA MUDDATLI GURUHLAR TO‘G‘RISIDA

Ta’limning boshlang‘ich asosi bo‘lgan maktabgacha ta’lim inson kamolotida beqiyos ahamiyatga ega va davlat maktabgacha...

ВАКАНТ ЛАВОЗИМЛАРНИ ЯШИРИШ ЖАВОБГАРЛИККА САБАБ БЎЛАДИ!

personmaftuna 30-09-24, 16:13
0 ВАКАНТ ЛАВОЗИМЛАРНИ ЯШИРИШ ЖАВОБГАРЛИККА САБАБ БЎЛАДИ!

Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 229-моддасига кўра, бўш иш ўринларини (вакант лавозимларни) яшириш, бўш иш...

menu
menu