Kuzatuvchi » Siyosiy » ALIMENT OLISH UCHUN ASOSIY QOIDALAR

ALIMENT OLISH UCHUN ASOSIY QOIDALAR

Alimentni belgilash kelishuv asosida ota-ona o‘zaro kelishib, aliment to‘lash tartibini belgilashi mumkin. Bu kelishuv yozma shaklda tuziladi va notarial tasdiqlanadi. Agar ota-ona kelishuvga erisha olmasa, da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilinadi. Sud aliment miqdorini ota-onaning daromadlariga va farzandning ehtiyojlariga qarab belgilaydi.

Alimentni to‘lash pul shaklida (har oyda) to‘lanadi. Muqobil ravishda mol-mulk bilan ta'minlash ko‘zda tutilishi mumkin (masalan, uy-joy yoki boshqa qimmatli buyumlar shaklida ham bo‘lishi mumkin. Agar aliment to‘lashdan bosh tortilsa yoki kechiktirilsa: Ijro ishi yuritiladi. To‘lanmagan aliment uchun jarima hisoblanadi. Aliment to‘lashdan ataylab bosh tortgan shaxs ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sudga murojaat qilish uchun zarur hujjatlar

Da'vo arizasi.

Bola tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

Nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).

Ota-onaning daromadini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa).

Bola bilan yashash sharoitini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

Voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta'minlanishi ota-onaning asosiy majburiyatidir. Aliment farzandlarning normal hayot kechirishini ta'minlash va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 


 

Boshqa maqolalar

MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI REALIZATSIYAGA CHIQARADIGAN

personmaftuna 01-05-25, 02:22
0 MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI REALIZATSIYAGA CHIQARADIGAN AYRIM TADBIRKORLARGA SOLIQ IMTIYOZLARI BERILADI

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha...

PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASH SHARTLARI

personmaftuna 13-04-24, 02:28
0 PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASH SHARTLARI

Pensiyalarni qayta hisoblash: -pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish...

UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

personmaftuna 20-09-24, 07:05
0 UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

menu
menu