04.11.2024-yildagi Vazirlar Mahkamasining 733-son Qarori bilan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reestriga kiritilgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tanloviga ko‘ra temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.
Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yo‘l yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga temir yo‘l transportida bepul yurishlari uchun kupeli vagon tarifi bo‘yicha chiptalar beriladi.
Bunda boshqa yuqori tarifdagi chiptalar olinganda narxlar o‘rtasidagi farq yo‘lovchi va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.