Kuzatuvchi » Siyosiy » OʻZINI OʻZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN KREDITLAR BERILADI

OʻZINI OʻZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN KREDITLAR BERILADI

02.04.2024-yil kungi PQ-149-son Prezident Qarori qabul qilingan.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar oʻzini oʻzi band qilgan, biroq asosiy ish joyiga ega boʻlmagan shaxslarga quyidagicha ajratilishi belgilangan:

— 33 million soʻmgacha, bir yildan soʻng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qoʻshimcha 50 mln soʻmgacha revolver asosida;

— ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yoʻnalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

— er maydoni 10 sotixdan ortiq boʻlgan tomorqa er egalariga va ijarachilarga 50 mln soʻmgacha garovsiz;

— 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz.

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR

personmaftuna 28-06-24, 22:55
0 TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR QAYSILAR ?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan.Bolaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi tibbiy...

DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASIGA KAMERAL NAZORAT O'TKAZISH

personmaftuna 20-06-25, 13:21
0 DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASIGA KAMERAL NAZORAT O'TKAZISH VAKOLATI BERILADI

Qarorga ko ' ra , sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025- yil 1- dekabrga qadar 1 000 ta , 2026- yilda 2 000 ta...

SUBSIDIYA RAD ETILDI. UY OLISHDA ARIZA BERUVCHILAR QANDAY

personmaftuna 01-05-24, 13:50
0 SUBSIDIYA RAD ETILDI. UY OLISHDA ARIZA BERUVCHILAR QANDAY IJTIMOIY MEZONGA KO‘RA BAHOLANADI?

Uy olish uchun subsidiyaga ariza bergandim. Arizam ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganligi sababli subsidiya rad...

menu
menu