Kuzatuvchi » Siyosiy » SUBSIDIYA RAD ETILDI. UY OLISHDA ARIZA BERUVCHILAR QANDAY IJTIMOIY MEZONGA KO‘RA BAHOLANADI?

SUBSIDIYA RAD ETILDI. UY OLISHDA ARIZA BERUVCHILAR QANDAY IJTIMOIY MEZONGA KO‘RA BAHOLANADI?

Uy  olish uchun subsidiyaga ariza bergandim. Arizam ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganligi sababli subsidiya rad etilganligi to‘g‘risida xabarnoma keldi. Ushbu xabarnomada aynan rad etish sababi, yaʼni qaysi ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi aniq ko‘rsatilmagan. Men nima uchun subsidiya berilmasligini tushunmayapman va bilishni istayman. Nima qilsam bo‘ladi?

Hukumatning 182-sonli qaroriga ko‘ra, subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya rad etish sabablarini, qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda QR-kod qo‘yilgan qarorni rasmiylashtiradi. Xabarnomani tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etganda) YaIDXP orqali elektron shaklda yuboradi. 

Arizani rad etish asoslarining ichida ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri kelmaganligi ham mavjud.  Ijtimoiy mezon - deganda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan va keltirilgan asosiy ko‘rsatkichlar tushuniladi.

Quyidagi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:

ariza beruvchining «Labor — migration» dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;

ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;

ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi.

Ushbu tartib haqida batafsil mana bu yerda https://lex.uz/uz/docs/4774086#6076370 tanishib chiqsangiz bo‘ladi. Agarda arizangiz aynan qaysi ijtimoiy mezonga ko‘ra rad qilinganligini bilishni istasangiz tuman hokimligi yoki komissiyaga murojaat etishingiz kerak.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

QURILISH CHOGʻIDA TUPROQ UNUMDORLIGI MUHOFAZA QILINADI

personmaftuna 21-02-24, 06:55
0 QURILISH CHOGʻIDA TUPROQ UNUMDORLIGI MUHOFAZA QILINADI

Prezident tomonidan 02.02.2024 yildagi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”...

АЙРИМ ТАДБИРКОРЛАР ФОЙДА СОЛИҒИНИ 50 ФОИЗГА КАМАЙТИРИЛГАН

personmaftuna 26-01-24, 06:13
0 АЙРИМ ТАДБИРКОРЛАР ФОЙДА СОЛИҒИНИ 50 ФОИЗГА КАМАЙТИРИЛГАН СОЛИҚ СТАВКАСИДА ТЎЛАЙДИ

“Ўзбекистон Республикасида экологик туризмни жадал ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI

personmaftuna 27-01-24, 17:36
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI TA’MINLAYDIGAN KONSTITUTSIYA

Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand...

menu
menu