Kuzatuvchi.uz / OʻZINI OʻZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN KREDITLAR BERILADI

OʻZINI OʻZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN KREDITLAR BERILADI

02.04.2024-yil kungi PQ-149-son Prezident Qarori qabul qilingan.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar oʻzini oʻzi band qilgan, biroq asosiy ish joyiga ega boʻlmagan shaxslarga quyidagicha ajratilishi belgilangan:

— 33 million soʻmgacha, bir yildan soʻng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qoʻshimcha 50 mln soʻmgacha revolver asosida;

— ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yoʻnalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

— er maydoni 10 sotixdan ortiq boʻlgan tomorqa er egalariga va ijarachilarga 50 mln soʻmgacha garovsiz;

— 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz.

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

8-02-2025, 00:56
Saytga qaytish