ALIMENT OLAYOTGAN ONAGA “BOLA PULI” BERILMAYDIMI?
Bolalar nafaqasi olish uchun ariza yozmoqchi edim. Turmushimdan ajralganman. Farzandimga otasi aliment to‘laydi. Tanishlarim aliment olayotganim sababli menga "bola puli" berilmasligini aytishdi. Shu to‘g‘rimi?
— Bolalar nafaqasi olish uchun ariza yozmoqchi edim. Turmushimdan ajralganman. Farzandimga otasi aliment to‘laydi. Tanishlarim aliment olayotganim sababli menga "bola puli" berilmasligini aytishdi. Shu to‘g‘rimi? Qonunchilikda alimentlar oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadi, deb ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, olingan aliment oilaga "bola puli" berilishi uchun daromad sifatida hisobga olinishi to‘g‘ri, lekin hech bir hujjatda aliment olingani uchun nafaqa berilmaydi, degan norma keltirilmagan. O‘sha olingan aliment oilaning boshqa daromadlari bilan qo‘shib hisoblaganda oila a’zolari soniga minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmasa, ya’ni xozirgi kunda 648 ming so‘mdan oshib ketmasa bo‘ldi, qonunchilikning boshqa talablaridan kelib chiqib bolalar nafaqasi berilishi mumkin.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR
personmaftuna 25-08-25, 02:10O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan , b olaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi...
ҲОДИМНИ МЕҲНАТ ШАРТНОМАСИ БЕКОР ҚИЛИНАЁТГАНДА ИШ БЕРУВЧИ У
personmaftuna 30-09-24, 15:59Меҳнат кодексининг 172-моддасига асосан, меҳнат шартномаси бекор қилинганда ходим билан ҳисоб-китоб қилиниши керак....
ИШЛОВЧИ ҲОДИМЛАР ҚАНДАЙ ҲУҚУҚЛАРГА ЭГА ?
personmaftuna 23-03-24, 21:52Меҳнат кодексининг 21-моддасига асосан, ҳодим қуйидаги ҳуқуқларга эга: -қонунчиликда белгиланган тартибда меҳнат...