NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING JAMIYATGA MOSLASHUVINI TA’MINLASH UCHUN YORDAMLAR KO‘LAMI KENGAYTIRILADI
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini ta’minlash uchun ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘lami kengaytiriladi. Bu haqda prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning aksariyati ijtimoiy muhitdan ajralgan holda ta’lim olmoqda. Ularning umumta’lim maktablariga qatnashi uchun to‘siqsiz muhit va zarur sharoit yaratiladi, maxsus pedagog va psixologlar jalb qilinadi.
Jamiyatimizda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari uchramoqda.
Prezident madaniyatimizga xos bo‘lmagan bunday illatlarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishimiz va ayovsiz kurashishimiz shartligini ta’kidladi. Bu masala shaxsan Prezident nazoratida bo‘ladi.
Shu bois, yaqinda, bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr qimmatiga tajovuz qiladigan, jismoniy va ruhiy azob yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarda davlat tomonidan tegishli huquqiy va ijtimoiy choralar ko‘rilishi qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi.
Prokuratura organlari zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarni yanada kuchaytirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARI BOZORINI TARTIBGA SOLISHDA
personmaftuna 28-06-24, 11:57Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 03.06.2024-yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish...
BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH ASOSLARI QANDAY?
personmaftuna 28-06-24, 22:45O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga asosan Bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik...
MILLIY MALAKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI TASHKIL
personmaftuna 14-06-25, 02:50“O'zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident...