GAZ SARFI VA XARAJATLARINI ONLAYN REJIMDA KUZATISH MUMKIN
“Hududgazta’minot” AJ tomonidan aholi iste’molchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi “Hudud Gaz Taʼminot” mobil ilovasi test sinovida ishga tushirildi.
Qayd etilishicha, mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita kunlik va oylik kesimida tabiiy gaz iste’molini kuzatib borish, xususan, gaz hisob raqamlariga to‘lov qilish hamda suyultirilgan gaz iste’molchilari o‘z hisoblarini to‘ldirish va biriktirilgan ballonlar ro‘yxatini ko‘rib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda iOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.
Ilovani yuklab olgandan keyin unga tegishli shaxsiy hisob raqami hamda One ID xizmati orqali ulanish mumkin.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
QISHLOQ XO'JALIGI TAVAKKALCHILIKLARINI SUG'URTA QILISH
personmaftuna 01-05-25, 01:49Qonun qishloq xo'jaligi tavakkalchiliklarini sug'urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qishloq...
ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL
personmaftuna 29-06-24, 06:46Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til...
. НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАРНИНГ ТЕНГЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА
personmaftuna 26-03-24, 02:04Ногиронлик белгиси бўйича ҳар қандай камситиш тақиқланади? Тенг имкониятларни таъминлаш ва ногиронлик белгисига кўра...