Kuzatuvchi » Siyosiy » HAYVONOT VA O‘SIMLIK DUNYOSINING MUHOFAZASI KUCHAYTIRILADI

HAYVONOT VA O‘SIMLIK DUNYOSINING MUHOFAZASI KUCHAYTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1004-son, 21.11.2024-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, o‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

AYRIM TEMIR YO'L TRANSPORTI XODIMLARINING ISH VAQTI

personmaftuna 08-08-25, 01:34
0 AYRIM TEMIR YO'L TRANSPORTI XODIMLARINING ISH VAQTI REJIMLARI TARTIBGA SOLINDI

“Ishi bevosita poezdlar harakati bilan bog'liq bo'lgan temir yo'l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va...

“YOSHLAR DAFTARI”NI SHAKLLANTIRISH

personmaftuna 28-09-24, 16:48
0 “YOSHLAR DAFTARI”NI SHAKLLANTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston...

AHOLI PUNKTLARINING TURLARI

personmaftuna 15-05-24, 19:44
0 AHOLI PUNKTLARINING TURLARI

Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasining hududi va...

menu
menu