Kuzatuvchi » Siyosiy » “YOSHLAR DAFTARI”NI SHAKLLANTIRISH

“YOSHLAR DAFTARI”NI SHAKLLANTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son  qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tumanlardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomga asosan,  “Yoshlar daftari”ni shakllantirish “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi: oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan, “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan, psixologik maslahatga muhtoj, nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila, dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan, yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritilishi belgilangan. 

“Yoshlar daftari”ga yoshlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi. Bunda yoshlarning yashab turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasligi ularni “Yoshlar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. 

Ariza beruvchi yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi uning “Yoshlar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini uch kun muddatda o‘rganib chiqadi va ariza beruvchining “Yoshlar daftari”ga kiritilishini tasdiqlaydi yoki rad etadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 24-04-24, 01:33
0 BILASIZMI?

Kreditni undirish bo'yicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash to'xtatiladi Prezident tomonidan...

“VATANDOSH” GUVOHNOMASI HAMDA “VATANDOSH” KARTASI JORIY

personmaftuna 08-12-24, 13:17
0 “VATANDOSH” GUVOHNOMASI HAMDA “VATANDOSH” KARTASI JORIY ETILMOQDA

Prezident qarori bilan ushbu guvohnoma va kartaga ega bo‘lgan vatandoshlarga bir qattor huquq va imtiyozlar berilishi...

ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA

personmaftuna 02-05-24, 00:30
0 ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi...

menu
menu