VALYUTA OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILMOQDA
Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, ichki valyuta operatsiyalariga qimmatli qogʻozlar bozorining uyushgan savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokerlari va investitsiya vositachilari orqali aksiyalar va obligatsiyalarni (Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotish va sotib olish bilan bogʻliq oʻtkazmalar kirishi belgilanmoqda.
Maхsus valyuta hisobvaragʻiga mijoz tomonidan sotib olingan, shuningdek, ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilib, foydalanilmagan yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarilgan chet el valyutasi ham kirim qilinadi.
Maхsus valyuta hisobvaragʻidan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra qaytarilgan chet el valyutasi ham 3 bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada koʻrsatilgan maqsadlar uchun takroran oʻtkazib berilishi lozimligi haqidagi norma bekor qilinmoqda.
Shu bilan birga, bank mijozi tomonidan sotib olingan (shu jumladan foydalanilmagan yoki qaytarilgan) valyuta mablagʻlari mijozning maхsus valyuta hisobvaragʻiga kiritilgan vaqtdan e’tiboran yetti bank ish kuni mobaynida foydalanilishi yoki ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat bankiga qayta sotilishi shart.
Muhayyo MATKARIMOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PROKURATURA ORGANLARINING ODIL SUDLOVNI AMALGA OSHIRISHGA
personmaftuna 26-12-24, 13:16Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish...
KREATIV IQTISODIYOT BO‘YICHA IV BUTUNJAHON ANJUMANI
personmaftuna 30-09-24, 11:26Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani Toshkentda o‘tkaziladi. “Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon...
HUDUDLARNING MASTER-REJALARI QAYSI HOLLARDA ISHLAB CHIQILADI
personmaftuna 29-09-24, 21:16Vazirlar Mahkamasining 2024 - yil 12 - avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish,...