Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILDI

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILDI

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  Prezident qarori imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2024-yil 15-dekabrdan boshlab:

— sport bilan shug‘ullanish istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sport bilan bepul shug‘ullanish uchun yo‘llanmalar beriladi;

— sport bilan bepul shug‘ullanish imkoni yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ro‘yxati tegishincha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tasdiqlanadi hamda doimiy yangilab boriladi;

Shuningdek, 2025-yil 15-yanvardan boshlab:

— nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida tashkil etilgan sport to‘garaklaridagi ishtiroki “Inson” markazi tomonidan yo‘llanma berilgan kundan boshlab har olti oyda bir marotaba joyiga chiqqan holda yoki “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali monitoring qilib boriladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

HUQUQIY TA’LIM

personmaftuna 29-11-24, 06:18
0 HUQUQIY TA’LIM

Huquqiy ta’lim – bu jamiyat a’zolarining huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga qaratilgan tizimli jarayon bo‘lib,...

ANDERRAYTING FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

personmaftuna 19-05-25, 23:32
0 ANDERRAYTING FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi...

TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY

personmaftuna 09-02-24, 22:42
0 TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILMOQDA

Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini joriy etish...

menu
menu