ANDERRAYTING FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (28.02.2025-yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3610).
Anderrayting – emitentning qimmatli qogʻozlarini chiqarilishini tashkillashtirish va/yoki kafolatli joylashtirish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish faoliyati.
Anderrayter tomonidan qimmatli qogʻozlarni kafolatli joylashtirish turlari quyidagilardan iborat:
- toʻliq kafolatli joylashtirish – chiqarilgan barcha qimmatli qogʻozlarning joylashtirilishi;
- qisman kafolatli joylashtirish – chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning 10%dan kam boʻlmagan qismining joylashtirilishi.
Emitent va anderrayter oʻrtasidagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.
Shartnomaning majburiy shartlari:
- qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari va anderrayting хizmatining хususiyati;
- emitent va anderrayter (birlashma) oʻrtasida qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida oʻzaro munosabatlarning shartlari va tartibi;
- emitent bilan anderrayter (birlashma) oʻrtasida qimmatli qogʻozlarni joylashtirishdan keyingi oʻzaro munosabatlarning shartlari va tartibi (ikkilamchi bozorda joylashtirilgan qimmatli qogʻozlarni anderrayter (birlashma) tomonidan qoʻllab-quvvatlash);
- anderrayting хizmatlari uchun haq toʻlash miqdori va tartibi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida anderrayter tomonidan quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
- investorlar uchun ahamiyatga ega boʻlgan aхborotni lozim darajada oshkor qilmasdan turib anderrayting хizmatlarini amalga oshirish;
- qimmatli qogʻozlar bozorining alohida bir ishtirokchilariga yoki investorlarga boshqalarga nisbatan imtiyozli huquqlarni taqdim etish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
- emitent bilan tuzilgan shartnomaning shartlarini bajarmaslik, lozim darajada bajarmaslik va (yoki) oʻz vaqtida bajarmaslik;
- emitentga, birlashma boʻyicha hamkorlariga yoki investorlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday harakatlar.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
РЕСПУБЛИКА “КЕЛАЖАК” МАРКАЗИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 26-09-25, 19:07“Мактабдан ташқари таълим тизимини янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–277-сон,...
DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATINING
personmaftuna 28-06-24, 16:44O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...
AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH
personmaftuna 11-12-24, 11:04So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish...