DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TA’MINLASH USULLARI QAYSILAR?
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunining 11-moddasiga asosan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari quyidagilardan iborat:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish);
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish va yangilab borish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda yangilab borish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish;
axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi asosida ularga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHI ASOSLARI VA TOPILMA HAQIDA
personmaftuna 28-03-24, 02:02O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 182-moddasiga ko`ra, Mulk huquqining vujudga kelish asoslari...
ЯККА ТАРТИБДА ЎТИЛГАН ДАРС УЧУН ҚАНДАЙ ҲАҚ ТЎЛАНАДИ?
personmaftuna 30-01-25, 12:02Вазирлар Маҳкамасининг 2021-йил 12-октябрьдаги 638-сон қарорига 2-иловада тасдиқланган Жисмоний, ақлий, сенсор ёки...
O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH
personmaftuna 30-09-24, 11:35O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi...
