AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH
So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Boshpanalar, palliativ yordam muassasalarini tashkil qilish;
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni, nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini Agentlik tarkibiga o‘tkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish;
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga talablarni belgilash va ular orasida tanlovni tashkil etish;
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladigan aholi qatlamini qayta ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarni litsenziyalash tartibini ishlab chiqish;
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash;
palliativ yordam ko‘rsatish markazlari va shelterlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish, shuningdek, doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy oshxonalar tashkil etish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari loyihalari va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish belgilangan.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ХОРИЖДА ВАҚТИНЧА МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИНИ АМАЛГА ОШИРАЁТГАН
personmaftuna 12-04-24, 01:27“Меҳнат миграцияси жараёнларини такомиллаштириш ҳамда хорижда вақтинча меҳнат фаолиятини амалга ошираётган шахсларни...
ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI
personmaftuna 24-07-24, 01:35“Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish...
OILAVIY NIZOLARNI KO'RISH BO‘YICHA IXTISOSLASHTIRILGAN
personmaftuna 24-01-24, 03:06“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi...