PROKUROR PROTESTI
O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonunining 38-moddasiga asosan, Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi.
Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi. Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart.
Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko‘rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.
Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yadi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ТУРКИЙ ДАВЛАТЛАР ХАЛҚАРО УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 17-03-25, 10:58“Туркий давлатлар халқаро университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-24-сон, 25.01.2025 й.) қабул...
ИККИ ДАВЛАТ ЎРТАСИДА ҚЎШМА ДЕКЛАРАЦИЯ ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ
personmaftuna 07-06-25, 20:51Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Италия Республикаси Бош вазири Жоржа Мелони Стратегик шериклик...
МАХСУС ИҚТИСОДИЙ ВА САНОАТ ЗОНАЛАР ФАОЛИЯТИ САМАРАДОРЛИГИ
personmaftuna 19-03-25, 06:44“Махсус иқтисодий ва саноат зоналари фаолиятининг самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги...