Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILMOQDA

TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILMOQDA

Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

 

2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.

Reyting doirasida tadbirkorlik sub’ektlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  • «AAA», «AA» va «A» – yuqori barqarorlik reytingi;
  • «VVV», «VV» va «V» – o‘rtacha barqarorlik reytingi;
  • «SSS», «SS» i «S» – qoniqarli barqarorlik reytingi;
  • «D» – quyi barqarorlik reytingi.

 

Reyting Soliq qo‘mitasining «Tabdirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik ravishda (onlayn) shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi:

  •  «AAA» toifadagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek ushbu toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;
  • 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan «AA» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan  sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi.

 

«A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan:

 

  • soliqlar bo‘yicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish 3 kun  muddatda amalga oshiriladi;
  • tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.

 

2024-yil 1-apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi.

 


 
S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

 

Boshqa maqolalar

JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR

personmaftuna 19-03-25, 06:48
0 JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR

Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi: a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin...

YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN

personmaftuna 22-03-24, 00:30
0 YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN OZOD ETILADI

Bundan tashqari, ularni import qilishda kelasi yilgacha bojxona boji stavkasi 5% miqdorida belgilanadi. Yangi yuk...

SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI NIZOLAR QANDAY HAL QILINADI?

personmaftuna 29-09-24, 22:24
0 SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI NIZOLAR QANDAY HAL QILINADI?

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi 496-son qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib...

menu
menu