“MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TADBIQ ETILADIGAN ORGANLAR RO‘YXATI E’LON QILINDI
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Ma’lumki, “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonun:
davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Davlat rahbarining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.
Ro‘yxatdan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning 24 tasi, jumladan Prezident administratsiyasi, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX, MIB, Milliy gvardiya, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Statistika agentligi, shuningdek, Korrupsiyaga kurashish agentligining o‘zi ham kiritilgan.
Ro‘yxatdan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, tuman hokimliklari, yuridik shaxs maqomidagi davlat maqsadli jamg‘armalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari o‘rin olgan.
To‘liq ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun 2024 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reestri yuritiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonundan farqli o‘laroq, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun davlat organlari va tashkilotlarining barchasini, ya’ni 28 mingta idorani qamrab olishini ma’lum qilgandi.
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermagan mas’ul shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
FUQAROLARINING QULAY HAYOT FAOLIYATI MUHITIGA BO‘LGAN HUQUQI
personmaftuna 28-06-24, 17:13O’zbekiston Respublikasi shaxarsozlik kodeksining 9-moddasiga asosan. Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga...
MAKTABLARDA HUQUQ SINFLARI TASHKIL QILINADI
personmaftuna 30-09-24, 02:33Maktablarda Huquq sinflari tashkil qilinadi. “Davlat ta'lim muassasalarida yuridik ta'limning uzluksiz tizimini joriy...
AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI
personmaftuna 05-03-24, 07:26Prezident 16.01.2024-yilda OʻRQ-896-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi...