XODIMNI BOSHQA ISH BERUVCHIGA VAQTINCHA XIZMAT SAFARIGA YUBORISH
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Zarur bo‘lgan taqdirda xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborish muddati vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim, xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi va xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan uzaytirilishi, biroq ko‘pi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
▪️ Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi.
Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ЛОЙИҲАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ
personmaftuna 30-01-25, 11:26“Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларининг илмий асосланганлик даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат...
KOLLEJLAR TO‘LIQ TUGATILIB, YAGONA TEXNIKUMLAR TARMOG‘I
personmaftuna 15-12-24, 17:56Kadrlar tayyorlash Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos...
“УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИНИНГ ИЗОҲЛИ ЛУҒАТИ” ИШЛАБ ЧИҚИЛАДИ
personmaftuna 14-04-24, 01:43“Давлат таълим стандартлари ва давлат таълим талабларини ишлаб чиқиш ҳамда жорий этиш тартибини такомиллаштириш...