Kuzatuvchi » Siyosiy » DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TARTIBI QANDAY?

DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TARTIBI QANDAY?

Mehnat kodeksiga ko‘ra, belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan xodimga dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun haq to‘lanadi.

Mehnat kodeksining 263-moddasiga asosan dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun quyidagilarga kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi:

ishbay ishlovchilarga — kamida ikki hissali ishbay baholar bo‘yicha;

mehnatiga kunbay va soatbay tarif stavkalari bo‘yicha haq to‘lanadigan xodimlarga — kunbay yoki soatbay tarif stavkasining kamida ikki hissasi miqdorida;

maosh oladigan xodimlarga — har bir ishlangan kun yoki soat uchun maoshdan tashqari kunbay yoki soatbay stavkasining kamida bir hissasi miqdorida.

Jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Ish beruvchi tomonidan mehnat shartlariga asosan xodimga dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan tartibda haq to‘lanadi. 

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI

personmaftuna 26-03-24, 02:20
0 SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI

Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab...

ЭЛЕКТР УЧУН АРЗОНРОҚ МЕЪЁР ЖОРИЙ ЭТИЛДИ

personmaftuna 03-06-25, 11:26
0 ЭЛЕКТР УЧУН АРЗОНРОҚ МЕЪЁР ЖОРИЙ ЭТИЛДИ

“Ёқилғи-энергетика ресурслари истеъмолчиларини қўллаб-қувватлаш мақсадида 2024-2025 йилларда ёқилғи-энергетика...

ОКТЯБРЬ ОЙИНИНГ БИРИНЧИ ҲАФТАСИ СИЁСИЙ ҚАТАҒОН ҚУРБОНЛАРИНИ

personmaftuna 31-07-24, 02:52
0 ОКТЯБРЬ ОЙИНИНГ БИРИНЧИ ҲАФТАСИ СИЁСИЙ ҚАТАҒОН ҚУРБОНЛАРИНИ ЁД ЭТИШ ҲАФТАЛИГИ СИФАТИДА НИШОНЛАНАДИ

“Сиёсий қатағон қурбони бўлган юртдошларимиз ҳаёти ва фаолиятини ўрганиш, тарғиб этиш ҳамда уларнинг хотирасини...

menu
menu