SOXTA TABIBLIK BILAN SHUG‘ULLANISH JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI
Hozirda ko‘pchilik fuqarolar soxta tabiblarning qurboniga aylanib bormoqda. Ushbu turdagi xizmatlar fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa;
- fuqarolarga BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha;
- mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatish, shuningdek, mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa;
- BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa;
- BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
Y.XO‘JAMURATOVA, Yangiariq tumani yuridik xizmat
personmaftuna 21-03-24, 09:10Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...
“JASORAT MAKTABLARI”GA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI
personmaftuna 08-08-25, 01:38“Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi...
MAMLAKATDA JAMOAVIY SPORT TURLARI RIVOJLANTIRILADI
personmaftuna 11-12-24, 15:32Prezidentning 04.12.2024-yildagi «Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini...